SSKA yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha RPL mavsumidagi eng yomon jamoa

Bugun Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan SSKA o‘z muxlislarini xafa qildi. RPL doirasidagi «Orenburg»ga qarshi kechgan o‘yin so‘nggida Vladimir Fyodotov shogirdlari hisobni ochishdi, ammo g‘alabani saqlab qola olmadi – 1:1.

Opta portali ma’lumotlariga ko‘ra, SSKA yo‘qotilgan ochkolar soni bo‘yicha RPLning joriy mavsumidagi eng yomon jamoasi bo‘lib turibdi. «Harbiylar» hisobda oldinda borayotgan o‘yinlarda yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqarib, 16 ochko yo‘qotdi.

SSKA Rossiya chempionatining navbatdagi o‘yinini 8 mart, juma kuni o‘tkazadi. Shu kuni Vladimir Fyodotov shogirdlari safarda «Krilya Sovetov» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda SSKA Premyer-liga turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter