Rossiya Kubogi. Fayzullayev gol urgan o‘yinda SSKA g‘alaba qozondi

SSKA Rossiya kubogi 1/2 finali javob o‘yinida «Baltika»ni mag‘lub etdi (2:0).

Ushbu uchrashuvda 69 daqiqa o‘ynagan Abbosbek Fayzullayev bellashuvning 36-daqiqasida jamoasining ikkinchi golini kiritdi va SSKA 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

SSKA – Baltika 2:0

16 aprel, 21.30, «VEB Arena»

Gollar: 1:0 – 34, penalti Chalov, 2:0 – 36 Fayzullayev.

SSKA – Torop, Gayich, Moyzes, Villian Rosha, Zdyelar (Kislyak, 84), Agapov (Xelven, 76), Oblyakov (Lukin, 69), Mendes, Fayzullayev (Davila, 69), Chalov, Musayev (Zabolotniy, 46).

«Baltika» – Borisko, Osipov, Andrade (Lisakovich, 46), Radmanovach, Fernandes (Malyarov, 46), Lazarev, Kaplenko, Avanesyan, Kuzmin (Enrikes, 75), Ribchinskiy, Fernandes (Ostoyich, 46).

Ogohlantirish: Lukin (74).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter