Erkin kurashchimiz Osiyo chempionati finalida imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javrail Shapiyev Qirg‘izistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

-86 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda qozog‘izstonlik Azamat Daulatbekovga imkoniyatni boy berdi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Birozdan keyin Sherzod Poyonov -92 kg vazn toifasining finalida eronlik raqibiga qarshi gilamga chiqadi.

Manba: Olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter