WBC reytingni yangiladi. Bahodir Jalolov 2 pog‘ona, Shahram G‘iyosov esa bir pog‘ona yuqoriladi, Hasanboy Do‘stmatov o‘z o‘rnida qoldi

Butunjahon boks kengashi (WBC) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov bu safar WBC reytingiga kiritilmadi. Bu katta ehtimol bilan uning boshqa yo‘nalishda da’vogar ekanligiga bog‘liq.

Shu tariqa, reytingda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi qoldi:

Super og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 2 pog‘ona yuqoriladi va 13-o‘ringa joylashdi;

Super o‘rta vazn toifasi (-76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 13-o‘rin;

Super yarim o‘rta vazn (-69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rin;

Yarim o‘rta vazn (-66,6 kg): Shahram G‘iyosov 1 pog‘ona ko‘tarilib, 14-o‘rinni egallagan bo‘lsa; Jahongir Rasulov 31-o‘rinda qoldi;

Super yengil vazn (-63,5 kg): Botir Ahmedov 2 pog‘ona pastlab, 35-o‘ringa joylashdi;

Birinchi yarim yengil vazn (-55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rin;

Birinchi o‘ta yengil vazn (-47,6 kg): Hasanboy Do‘stmatov 5-o‘rin.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter