Yosh qilichbozlarimiz Osiyo chempionatida 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Manama shahri (Bahrayn) mezbonlik qilgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
3 ta oltin va 5 ta bronza medallarini jamg‘argan yoshlarimiz Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldilar;
O‘smirlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallashdi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mamlakat qilichbozlik federasiyasi, yosh sportchilarimiz va murabbiylar shtabini ushbu natija bilan qutlab, atletlarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaydi.
Manba: olympic.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/