«Milan» marokashlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Abde Ezzazuliga «Milan» qiziqish bildirmoqda.

AS xabariga ko‘ra, «Betis» vinger bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor, «rossonerilar» esa unga e’tibor qaratgan klublar qatoriga kiradi.

Italiya jamoasi o‘tgan yozda marokashlikning ahvolini o‘rganib chiqdi va uning rivojlanishini kuzatishda davom etmoqda.

«Barselona» futbolchini «Betis»ga 7,5 million yevroga sotdi va u qayta sotiladigan summaning 50 foizini olish huquqiga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter