«Milan» va «Napoli» turkiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

«Lill» yarim himoyachisi Yusuf Yazidji faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

RMC Sport xabariga ko‘ra, 27 yoshli turkiyalik yarim himoyachiga «Milan» va «Napoli» klublari qiziqish bildirmoqda.

Yazijining «Lill» bilan shartnomasi shu yozda tugaydi.

Joriy mavsumda futbolchi 34 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter