Pochettino «Chelsi»ning eng yaxshi futbolchisini aytdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino London jamoasining eng yaxshi futbolchisi kim, degan savolga javob berdi. Argentinalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu yarim himoyachi Koul Palmer bo‘lib, u «ko‘klar»ning joriy mavsumdagi samarali harakatlari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

«Palmer «Chelsi»ning eng yaxshi futbolchisimi? Bu aniq. U hamma uchun namuna. Ko‘rish mumkinki, jamoa qiynalayotganda futbolchilar ko‘pincha Palmerga tayanishadi», – dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumida Palmer 13 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter