Pochettino: «Fulxem» bilan o‘yin oldidan o‘yinimizga ta’sir qilgan voqea yuz berdi»
«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda jamoasi Londonning «Fulxem» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Birinchi bo‘lim biz rejalashtirgandek bo‘lmadi. O‘yindan oldin nimadir sodir bo‘ldi, lekin bu nima ekanligini tushuntirmayman. Biroq, bu jamoaning birinchi bo‘limdagi o‘yiniga biroz ta’sir qildi deb o‘ylayman.
Lekin ikkinchi bo‘limni juda yaxshi boshladik. Biz 30 daqiqa davomida juda yaxshi futbol o‘ynadik va o‘yinni yakunlash uchun yana bir-ikkita gol urishimiz kerak edi.
Jamoa yaxshi himoyalandi va o‘ylaymanki, yakunda biroz qiynalganimiz yaxshi bo‘ldi. Menimcha, bu kabi o‘yinlar o‘sishimizga va ishimizga ishonchni oshirishga yordam beradi», – dedi Pochettino Daily Mail bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, o‘yindagi yagona gol o‘yinning 45+4-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirgan «ko‘klar» yarim himoyachisi Koul Palmer tomonidan kiritildi.
APLning 21-turidan so‘ng «Chelsi» 31 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/