Pochettino: «Klub rahbariyati menga yaxshi munosabatda bo‘lmoqda»

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasi to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga ishonmoqda.

«Klub rahbariyati menga yaxshi munosabatda bo‘lmoqda. Biz barcha qarorlarni sport direktori bilan birga qabul qilamiz.

Jamoamiz to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga ishonaman. «Chelsi» yaxshi natija ko‘rsatmaganida ham, biz hammasi qachondir yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishongandik», – dedi argentinalik mutaxassis.

Oxirgi bahsda «aristokratlar» «Byornli» ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Sakkiz turdan so‘ng Pochettino shogirdlari Angliya chempionati turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter