Zair-Emeri Fransiya termasi tarixidagi eng yosh debyutantlar uchligiga kirdi

Uorren Zair-Emeri Fransiya terma jamoasining uchinchi eng yosh debyutantiga aylandi.

«PSJ» sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi darhol terma jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi. U Yevro-2024 saralashida Gibraltar bilan o‘yinda ishtirok etdi.

Yarim himoyachi 17 yoshu 255 kunlik yoshda debyut qildi. Faqatgina Feliks Vial (17 yoshu 76 kun, 1911) va Moris Gastij (17 yoshu 128 kun, 1914) Fransiya terma jamoasida undan yoshroq paytida o‘ynagan.

Joriy mavsumda Zair-Emeri 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter