Glebov SSKA tarixiga kirdi

Poytaxtning SSKA klubidagi Kirill Glebov Rossiya Premyer-ligasining joriy mavsumida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Opta Sports xabariga ko‘ra, yarim himoyachi bor-yo‘g‘i 17 yoshu 276 kunligida debyut qilgan.

Ikkinchi o‘rinda uning yosh jamoadoshi Mixail Ryadno, uning maydonga tushgandagi yoshi 17 yoshu 315 kunlik edi.

Reytingda uchinchi o‘rin «Rubin» himoyachisi Ilya Rojkovga nasib etdi. U 18 yoshu 115 kunligida maydonga tushgan.

«Ural» yarim himoyachisi Ilya Ishkov biroz ortda qoldi – 18 yil 122 kun. Reytingning kuchli beshligini 18 yoshu 239 kun bilan «Dinamo» klubi himoyachisi Ivan Lepskiy yakunlab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter