APL top-5’ning qolgan ligalaridan ancha farqlanadi

«Yuventus» rahbariyati a’zosi Franchesko Kalvo Angliya premyer-ligasi jamoalarining yuqori daromadlari haqida gapirdi.

«Angliya chempionatining eng quyi qismidagi jamoa Italiyadagi elit jamoadan ko‘proq maosh oladi. Biz odatda Yevropaning top-5 ligasi haqida gapiramiz, lekin aslida bitta oliy liga bor – bu Angliya.

Keyingi o‘rinda Ispaniya, keyin yana uchtasi – Italiya, Germaniya va Fransiya, biroq ularni Angliyaga tenglashtirib bo‘lmaydi», – dedi Kalvo.

Ayni paytda «Yuventus» Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Massimiliano Allegri shogirdlari “Milan”dan uch ochko, “Inter”dan esa 17 ochko ortda qolmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter