APL klublarining natijalarini o‘tgan va yangi mavsumga taqqoslab ko‘ramiz
«Aston Villa», «Liverpul» va «Vest Xem Yunayted» bu mavsumda eng yaxshilangan jamoaga aylandi. Agarda bu jamoalarning hozirgi va o‘tgan mavsum, 12 turidagi natijalariga nazar tashlasangiz, buni yaqqol sezasiz. Masalan, o‘tgan mavsumning ayni shu qismida «Aston Villa» Stiven Jerrard boshchiligida xavfli zonada borayotgandi. 12 oy o‘tgach, Unai Emeri birmingemliklarni turnirning eng barqaror jamoalaridan biriga aylantirdi.
«Liverpul»da bo‘lgan o‘zgarishlarni ham yuqori baholash mumkin. Mersisaydliklar o‘tgan mavsumning so‘nggi qismiga kelibgina natijalarini yaxshilay olgandi xolos. Ammo bu YECHL yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lgani yo‘q. Hozir hammasi o‘zgardi. Yangi futbolchilar bilan Klopp yana APL chempionligi uchun da’vogar jamoa tuza oldi.
Hayratlanarlisi shundaki, «Tottenxem»ning natijalarini taqqoslaganimizda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bu klubda unchalik ham farq katta emas. Vaholangki, bu mavsum Postekoglu shogirdlari fantastik start namoyish etib berishdi. Ikki mavsumda «shporlar» bir xil urilgan gollar ko‘rsatkichiga ega. Ammo Konte jamoasi Postekoglunikidan bittaga ko‘p gol o‘tkazgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham Konte davridagiga qaraganda, hozirgi «Tottenxem» ancha yaxshiroq. Xarholda, buni yevrokuboklardan butunlay bebahra qolib ketadiganga o‘xshamaydi.
«Nottingem»da ham xuddi «Tottenxem» kabi yaxshilanish kuzatilgan. Kuper jamoasi o‘tgan mavsum o‘rtalarida jadvalning ancha pastida edi. Bu narsa mavsum oxiriga qadar saqlanib qolganini alohida ta’kidlash joiz.
Deyarli o‘zgarishsiz qolgan jamoalar safida «Arsenal», «Brayton», «MYU», «Manchester Siti» hamda «Nyukasl»lar bor. Ularning barchasi nari-beri 3 ochko farq qayd etgan.
«Everton», «Vest Xem» va «Vulvz»larda vaziyat yaxshilangan bo‘lsa, «Chelsi», «Fulxem» va «Bornmut»da buning aksini ko‘rish mumkin.
Quyida sizga jamoalar va ularning ikki mavsumdagi taqqoslama jadvali taqdim etiladi.
1. «Man Siti»
Ochko ‐ +1
Gollar – -8
O‘tkazilgan gollar – -1
O‘rin ‐ +1
2. «Liverpul»
Ochko ‐ +7
Gollar – +3
O‘tkazilgan gollar – -2
O‘rin ‐ +6
3. «Arsenal»
Ochko ‐ -3
Gollar – -3
O‘tkazilgan gollar – -3
O‘rin ‐ -2
4. «Tottenxem»
Ochko ‐ +3
Gollar – =
O‘tkazilgan gollar – -1
O‘rin ‐ -1
5. «Aston Villa»
Ochko ‐ +14
Gollar – +20
O‘tkazilgan gollar – 0
O‘rin ‐ +9
6. «Manchester Yunayted»
Ochko ‐ 0
Gollar – -5
O‘tkazilgan gollar – -2
O‘rin ‐ +1
7. «Nyukasl»
Ochko ‐ -1
Gollar – +4
O‘tkazilgan gollar – +3
O‘rin ‐ -2
8. «Brayton»
Ochko ‐ -2
Gollar – +8
O‘tkazilgan gollar – +10
O‘rin ‐ -7
9. «Vest Xem»
Ochko ‐ +6
Gollar – +11
O‘tkazilgan gollar – +5
O‘rin ‐ +6
10. «Chelsi»
Ochko ‐ -5
Gollar – +5
O‘tkazilgan gollar – +4
O‘rin ‐ -4
11. «Brentford»
Ochko ‐ -1
Gollar – -1
O‘tkazilgan gollar – =
O‘rin ‐ -1
12. «Vulvz»
Ochko ‐ +6
Gollar – +11
O‘tkazilgan gollar – +4
O‘rin ‐ +6
13. «Kristal Pelas»
Ochko ‐ +1
Gollar – -1
O‘tkazilgan gollar – +1
O‘rin ‐ -2
14. «Everton»
Ochko ‐ +4
Gollar – +6
O‘tkazilgan gollar – +1
O‘rin ‐ +3
15. «Nottingem Forest»
Ochko ‐ +7
Gollar – +6
O‘tkazilgan gollar – -7
O‘rin ‐ +6
16. «Fulxem»
Ochko ‐ -6
Gollar – -11
O‘tkazilgan gollar – -1
O‘rin ‐ -7
17. «Bornmut»
Ochko ‐ -4
Gollar – +1
O‘tkazilgan gollar – +2
O‘rin ‐ -4.
ISMATOV J.
Manba: planetfootball.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/