Pochettino: «Sterlingni yupata olmayman»

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Rahim Sterling bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Angliya terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritilmagan.

“Vaziyat qiyin. Biz qila oladigan yagona narsa bu Rahimning klubda yaxshiroq o‘ynashiga yordam berish.

Qolgan hamma narsa bizga bog‘liq emas.

Terma jamoaga qaytish uchun Sterling yaxshi o‘ynashi va murabbiyni ishontirishi kerak. Faqat so‘zlar bilan men uning ahvolini yengillashtira olmayman yoki uni qandaydir yupata olmayman», dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter