Pochettino: «Mudrik nima uchun asosiy tarkibdamas? Bu savolni menga emas, uning o‘ziga bering»

Maurisio Pochettino nima uchun Mixail Mudrik asosiy tarkibda maydonga tushmayotganini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik futbolchi 2024 yilda hali birorta ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Oxirgi marta u dekabr oyida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagandi.

Pochettino bu boradagi barcha savollarni Mudrikga berish kerakligini, chunki asosiy tarkibdan joy olish kerakligini ta’kidladi.

«U juda yaxshi gol urdi. Haqiqatan ham juda zo‘r. Biz zaxiradan maydonga tushgan futbolchidan shuni istaymiz..

U maydonda o‘z o‘rnini egallashi va o‘ynashi mumkin bo‘lgan pozisiyalarda turli o‘yinchilar bilan raqobatlashishi kerak. Bu savol mendan ko‘ra ko‘proq unga tegishli», – dedi Pochettino Football London bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter