Pochettino: «Madueke «Vest Xem»ga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin»

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Chelsi» vingeri Noni Madueke ertaga APL doirasida «Vest Xem»ga qarshi o‘yin uchun maydonga qaytishi mumkinligini aytdi.

«U «Liverpul»ga qarshi o‘yin uchun tarkibda edi, ammo biz tavakkal qilishni xohlamadik. Noni hozir ancha yaxshi. U «Vest Xem»ga qarshi o‘yin uchun tarkibda bo‘lishi kerak», – dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Madueke “Chelsi”ga shu yilning yanvar oyida Eyndxovenning PSV klubidan kelib qo‘shilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter