Pochettino: «Mudrikni noyob futbolchi sifatida tasniflagan bo‘lardim»

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Mixail Mudrik «Stemford Brij»da o‘ynash uchun katta kuch sarflayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda ukrainalik futbolchi Angliya premyer-ligasida birorta ham samarali harakat qilgani yo‘q.

«Mudrik ochiqroq bo‘lishga harakat qilmoqda. U o‘yinda ko‘proq ishtirok etishni xohlaydi. Uni noyob futbolchi sifatida tasniflagan bo‘lardim.

Mixail o‘zini integrasiyalash va jamoa o‘yinini yaxshiroq tushunish uchun juda ko‘p harakat qilmoqda», dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Mudrik yanvar oyida «Shaxtyor»dan 70 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter