Saudiya Arabistoni kompaniyasi «Chelsi» bosh homiysi bo‘ladi

«Chelsi» klubi xo‘jayini Todd Boeli Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, amerikalik tadbirkor mamlakat sport vaziri va Saudiya Arabistoni ligasining futbol ishlari bo‘yicha direktori, London klubida 2017 yilgacha ishlagan Maykl Emenalo bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, bunday aloqalar «ko‘klar» Yaqin Sharqqa yana bir qancha o‘yinchilarni sotmoqchi, degan fikrni kuchaytiradi.

Boeli, shuningdek, Riyadh Air va boshqa ba’zi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi, ulardan biri kelasi mavsumda klubning bosh homiysi bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter