Rodri Saudiya Arabistoni klublarining transferlari haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Saudiya Arabistoni klublarining transfer faoliyati haqida fikr bildirdi.

O‘tgan yozda Yevropaning top-ligalarida ko‘plab nufuzli futbolchilar Saudiya Arabistonidan kelgan foydali takliflarni qabul qilib, futbol doiralarida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

«Evropa futboli mag‘lubiyatga uchragan holatda, buni Saudiya Arabistoni vakillari taklif qilayotgan summalarni hisobga olsak, tushunarli.

Yevropadan hozirgi iste’dodlar oqimini jiddiy qabul qilish kerak – allaqachon ko‘rib turganimizdek, juda yosh futbolchilar ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishmoqda «, dedi Rodri Gruziyaga qarshi Yevro-2024 saralash o‘yini arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter