«Manchester Siti» De Bryuynening transferidan qancha ishlab olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Belgiya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Saudiya Arabistoni chempionati klublarining transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchining Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tishi yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. «Manchester Siti» Kevin transferi uchun 117 million yevrodan ko‘proq pul olishi mumkin. Biroq, yarim himoyachi uchun aniq da’vogarlar nomi hozircha aniq aytilmagan.

De Bryuyne 2015 yilning yozidan beri ingliz top-klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024/2025 yilgi mavsum so‘ngida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter