«Manchester Siti» sobiq futbolchisi: «De Bryuyne bilan jamoani to‘xtatib bo‘lmaydi»
«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Mayk Richards belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuyne jarohatidan so‘ng ko‘rsatayotgan o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Bu saviyadagi futbolchi maydonga qaytsa, jamoasiga foyda keltiradi. Kevin qaytganidan keyin «Manchester Siti» o‘zini yanada ishonchli his qiladi. Bu jamoani to‘xtatib bo‘lmaydi», – dedi Richards Sky Sports telekanalida.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne APLning 21-turida «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda maydonga qaytgan edi. U gol urdi va assist amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/