Karrager «Liverpul»ni chempion qiladigan «Manchester Siti» futbolchisini aytib o‘tdi

Angliya terma jamoasi va “Liverpul” klubining sobiq himoyachisi, hozirda teleekspert Jeymi Karrager “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne haqida gapirdi.

“Kevin so‘nggi yillarda Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisi. Aynan u «Siti»ning muvaffaqiyatida katta rol o‘ynadi. Agar De Bryuyne «Liverpul»da o‘ynaganida jamoa chempion bo‘lardi. Bu maydondagi ustun o‘yinchi. U Kantona, Zola va Bergkampdan yaxshiroq. Kevin Premyer-liganing eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida tarixga kiradi», – dedi Karrager.

Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi jarohat tufayli APLda bor yo‘g‘i to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida bitta gol va uchta golli uzatma bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter