Xavi Feliksning jismoniy holati bo‘yicha fikr bildirdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Xavi jamoa hujumchisi Joau Feliksning ahvoli haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi yanvar oyi oxirida jarohat olgan va bir oydan keyin safga qaytishga muvaffaq bo‘lgandi. «Xetafe» bilan so‘nggi o‘yinda Feliks gol urdi va «Barselona»ning Ispaniya chempionatida 4:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

«Feliks yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Muayyan vaqt davomida unga ortiqcha bosim o‘tkazmasligimiz kerak, ammo hozir u o‘zini qulay his qilmoqda va jamoa o‘yiniga hissa qo‘shishda davom etmoqda. Men Joaudan to‘liq mamnunman», – dedi Xavi matbuot anjumanida.

Feliksning ijara muddati yozda tugaydi. «Barselona» hali «Atletiko»dan futbolchini sotib olish yoki sotib olmalik borasida bir qarorga kelmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter