«Barsa» Feliksni o‘zida saqlab qolmoqchi
«Barselona» rahbariyati Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Joau Feliksning ijara shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yosh portugaliyalik bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 24 yoshli Feliksda yaxshi istiqbolni ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, “Barselona” Feliksning ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirib, keyin futbolchini sotib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes portugaliyalik futbolchining o‘yinidan noroziligi va uning xaridiga qarshi ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 40 million yevroga teng.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/