Xavi: «Bu savolga javobni rahbariyatdan so‘rang»

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Joau Feliksning ushbu mavsumdan keyin jamoada qolish-qolmasligini hozircha bilmaydi.

“Feliks bu mavsumdan keyin qoladimi? Siz bu savolni rahbariyatdan so‘rashingiz kerak. Joau jamoamizda ekanligidan juda xursandman. U yaxshi yigit, yechinish xonasida yaxshi va xazilkash. Ko‘ryapmanki, Feliks «Barselona»da baxtli va o‘zining raqobatbardoshligini ko‘rsatmoqchi. U shuningdek, Joau Kanselu bilan ham ajoyib aloqaga ega”, – dedi Xavi “Atletiko” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter