«Atletiko» hujumchisi o‘zi xohlagan klubga o‘tish imkoniyatlarini saqlab qolgan
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Joau Feliks hali ham «Barselona»ga o‘tish imkoniyatiga ega.
Jurnalist Helena Kondisning yozishicha, 23 yoshli portugaliyalik yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Kamp Nou»ga o‘tishi mumkin.
Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda «Barselona» prezidenti Joan Laporta va futbolchining agenti Jorje Mendesh Joau Feliks transferi ustida ish olib borishgan.
Feliksning o‘zi yaqinda «Barselona»da bo‘lish istagi haqida gapirdi. 2023/2024 yilgi mavsumda portugaliyalik hujumchi hali maydonga tushmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/