Rossiya terma jamoasi darvozaboni: «Menda Yevro haqida ijobiy xotiralar bor»

“Krasnodar” va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov 2020 yilgi Yevropa chempionatidagi eng esda qolarli lahzani nomladi.

«Menda Yevro haqida shunday ijobiy xotiralar bor, chunki menga atmosfera yoqqan. Xususan, Daniya bilan o‘yin u yerdagi muhit qanday bo‘lganining ajoyib ko‘rsatkichidir.

Chunki Daniya bilan o‘yindagi asosiy xotiram, har bir goldan keyin pivo ichishim edi.

Lekin u yerdagi muxlislar ajoyib edi, juda zo‘r edi, buni eslayman. Stadionga kirganimda va barcha muxlislar bir ovozdan ba’zi shiorlar va qo‘shiqlar aytishganda, juda zo‘r bo‘lganimni hozir eslayman.

Men buni yana bir bor boshdan kechirishni juda xohlayman», dedi Safonov futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining YouTube-kanalidagi videosida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter