«Lasio» posboni Rossiya terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortdi

«Lasio»ning rossiyalik darvozaboni Ivan Provedelni Rossiya terma jamoasida o‘ynash imkoniyati qiziqtirmadi. Bu haqda Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov xabar berdi.

«Biz Vanyaning taraqqiyotini kuzatib boryapmiz. U hatto gol ham urganini bilamiz. Afsuski, Ivan biz bilan muloqot qilishdan bosh tortdi. Men RFIdan meni u bilan bog‘lashni so‘radim. U Rossiyadan hech kim bilan muloqot qilishni istamasligini aytdi. Uni ushbu yig‘inga chaqirishsa ham bo‘lardi, shuning uchun ham uni qidirib yurgandim», – dedi Kafanov.

E’tiborlisi, Provedelning onasi rus millatiga mansub. Biroq, Ivan Rossiya terma jamoasida o‘ynash variantini ko‘rib chiqmayapti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter