«Lasio» darvozaboni Rossiya fuqaroligini olmoqchi emas

«Lasio» darvozaboni Ivan Provedel Rossiya fuqaroligini olishni rejalashtirmayapti. Bu haqda italiyalik futbolchining agenti Janni Rava ma’lum qildi.

«Ivan Rossiya fuqaroligini olishni rejalashtirmayapti. Rossiya terma jamoasi va Rossiya Premyer-ligasi klublarining qiziqishiga kelsak, u yerdan bizga hozircha hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q», – deya agentdan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

E’tiborlisi, 29 yoshli Provedelning onasi rossiyalik va otasi italiyalikdir. O‘tgan seshanba, 19 sentyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi o‘yinda darvozabon gol urib, jamoasiga uchrashuv yakunida mag‘lubiyatdan qutulib qolish imkonini berdi (1:1).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter