Tuxelning kelajagi borasida xabarlar paydo bo‘ldi
«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel keyingi mavsumda qayerda ishlashi haqida o‘ylamoqda. Bugun myunxenliklar nemis murabbiyi mavsum yakunida jamoani tark etishini rasman e’lon qildi.
Jurnalist Mett Louning ma’lumotlariga ko‘ra, Tuxel «Barselona» bilan ishlash variantidan tashqari, avvalroq Londonning «Chelsi»sini boshqargan Angliya Premyer-ligasiga qaytish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Tomasning yaqin kelajakda Angliya termasini boshqarishi ehtimoli ham bor. Nemis murabbiyi Garet Sautgeyt o‘rniga «Uch sherlar»ni boshqarishga nomzodlardan biriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Premyer-liganing top-klublari orasida “Liverpul” yozda murabbiysiz qoladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/