Tuxel: Bu futbolchini yozda bo‘lmasa, qishda olamiz

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Fulxem» yarim himoyachisi Joau Palinyani kuzatishda davom etadi.

28 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasining so‘nggi soatlarida «Bavariya» yarim himoyachisiga aylanishi mumkin edi, ammo «Fulxem» kelishuvni ma’qullamadi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Bavariya» Palinyaning Germaniyaga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan ishtiyoqidan hayratda. Bundesliga grandi haqiqatan ham qishki oyna ochilganda yana shartnoma taklif qilishga harakat qiladi. Tomas Tuxel va klub rahbariyati yanvar oyidagi asosiy maqsad sifatida aynan portugaliyalik futbolchini belgilashdi.

Joau Palinyaning ayni damdagi bahosi, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 40 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter