Tuxel: «Bugun jamoa yomon o‘ynadi»

«Bavariya» yakshanba kungi «Verder»ga qarshi o‘yin natijalaridan keyin o‘z muxlislarini hafsalasi pir qildi.

Myunxenliklar o‘z maydonida “musiqachilar”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O‘yindan so‘ng “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z futbolchilariga tanbeh berdi.

“Endi biz yaxshi mashq qilyapmiz, demoqchi emasman, chunki bizga endi hech kim ishonmaydi. Futbolchilardan so‘rash kerak.

Bugun jamoa yomon o‘ynadi. Haqiqiy mag‘lubiyat shunda”, – dedi Tuxel.

“Bavariya” Germaniya Bundesligasidagi navbatdagi o‘yinini 24-yanvar, chorshanba kuni “Union Berlin”ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter