«Milan» futbolchisi Yevropa ligasini yutishni maqsad qilgan
Italiyaning «Milan» klubi ikki turnirda – Italiya chempionatida, shuningdek, Yevropa ligasida o‘ynashda davom etmoqda.
Klub yarim himoyachisi Alessandro Florensining fikricha, uning jamoasi Chempionlar ligasidek nufuzli bo‘lmasa ham, ushbu turnirda g‘olib chiqishni maqsad qilgan bo‘lishi kerak.
«Milan» hech qachon bu turnirda g‘alaba qozonmagan, shundaymi? Xo‘sh, nega g‘alaba qozonmaslik kerak?
Bu bizning maqsadimiz bo‘lishi kerak», – deya Florensining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/