Tuxel «Bavariya» tarixidagi eng yomon murabbiyga aylandi
Tomas Tuxelning «Bavariya»dagi faoliyati hali ham ko‘p savollar tug‘dirmoqda.
Yakshanba kuni myunxenliklar Bundesliga doirasidagi o‘yinda kutilmaganda o‘z maydonida “Verder”ga mag‘lub bo‘ldi (0:1).
Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Bayer” bilan oradagi farq yetti ochkoni tashkil etadi, amaldagi chempionning hisobida bitta o‘yin bor.
Tomas Tuxel qo‘l ostida «Bavariya» har bir o‘yinda o‘rtacha 2,11 ochko to‘pladi – 2011 yildan beri har qanday jamoa murabbiyining eng yomon ko‘rsatkichi, deya qayd etadi TZ. Ro‘yxatda avvalroq “Bavariya” boshqaruvida muvaffaqiyat qozona olmagan Niko Kovach (2,26) va Karlo Anchelotti (2,28) undan yuqoriroqda edi.
Reyting yetakchisi Hans-Diter Flik bo‘lib qolmoqda – 2,53 ball.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/