Tuxel: «Manening ketishiga men javobgarman»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Sadio Manening «An-Nasr»ga o‘tishiga munosabat bildirdi.

Kecha, 1 avgust kuni Saudiya klubi senegallik hujumchi transferini e’lon qildi.

«Biz qattiq quchoqlashib xayrlashdik. Bizga hozirgi holat yoqmasligini angladik. Men u xafa bo‘lganini tushunaman. Men ham o‘zimni baxtli his qilmayman. Biz uning imkoniyatlarini to‘liq ochib bermadik. Uning ketishiga men javobgarman», – dedi Tuxel Goal bilan suhbatda.

Mane Myunxen klubiga 2022 yilning yozida «Liverpul»dan kelib qo‘shilgan edi.

U «Bavariya» safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Myunxenliklar tarkibida hujumchi Germaniya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter