«PSJ» bosh murabbiyi Enrike rahbariyatga klubning bir nechta futbolchilarini sotish istagi borligini aytdi
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya klubi rahbarlariga o‘ziga kerak bo‘lmaydigan futbolchilar nomini aytdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis «Bavariya» qiziqayotgan 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Nordi Mukiele xizmatlaridan voz kechishga tayyor. «PSJ» bosh murabbiyi xayrlashishga tayyor bo‘lgan yana bir futbolchi o‘tgan yozda parijliklar tomonidan 60 million yevroga sotib olingan 22 yoshli hujumchi Gonsalu Ramushdir.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/