Luis Enrike «PSJ»ning qishki transfer oynasidagi maqsadlari haqida fikr bildirdi

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning qishki transfer oynasidagi ehtimoliy xaridlari haqida fikr bildirdi.

«Transfer oynasi? U 31-yanvarda yopiladi, bugun esa 6-yanvar. Klub, sport direktori, texnik xodimlar: tarkibni yaxshilash uchun iqtidorlarni jalb qilishga doim tayyormiz, bu aniq. Lekin yana bir bor aytaman: menda juda yuqori saviyali tarkib bor, har bir pozisiyaga ikkitadan futbolchi», – dedi Enrike klub matbuot xizmatiga.

«PSJ» klubi qishki transfer oynasida ilk xaridini amalga oshirdi. Parijliklar Braziliyaning «San-Paulu»ning markaziy himoyachisi Lukas Beraldo bilan shartnoma imzoladi.

Ayni vaqtda Fransiya chempionatida o‘tkazilgan 17 ta o‘yindan so‘ng «PSJ» 40 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter