Enrike bor ekan Verratti «PSJ»da o‘ynamaydi
Yozda «PSJ»ni ispaniyalik murabbiy Luis Enrike qabul qilib olgandi.
Le Parisien nashrining xabariga ko‘ra, Parij klubi Enrikening obro‘-e’tiboridan qoyil qolgani va u o‘z fikrlarini ikkilanmasdan futbolchilarga halollik bilan yetkazmoqda.
Masalan, Luis Enrike yarim himoyachi Marko Verrattiga turmush tarzidagi haddan tashqari holatlar tufayli, hech qachon o‘z jamoasida o‘ynamasligini aniq aytdi. Avvalroq xabar berilganidek, italiyalik futbolchi tez orada «PSJ»dan Qatarning «Al-Arabi» klubiga o‘tishi mumkin.
Liga 1ning uchta boshlang‘ich turida “PSJ” besh ochko to‘pladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/