Enrike shogirdlarining qobiliyatlariga shubha qiladi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchilar Randal Kolo-Muani va Gonsalu Ramushning hozirgi darajasiga shubha qilmoqda.

25 yoshli fransiyalik va 22 yoshli portugaliyalikni parijliklar o‘tgan yozda sotib olishgan edi.

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, Luis Enrike Kolo-Muani va Ramushning eng muhim uchrashuvlarda jamoaning hujumida asosiy rol o‘ynashga qodirligiga ishonchi komil emas.

Shu bilan birga, manba qayd etganidek, ispaniyalik mutaxassis futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytirmaslik uchun ularni oshkora tanqid qilmaydi.

Randal Kolo-Muani PSJ safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Gonsalu Ramush 19 uchrashuvda 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter