«Jirona» ukrainalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Ukraina terma jamoasi futbolchisi Aleksandr Pixalyonokning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Konstantin Nesterenko mijozining Yevropaga ko‘chib o‘tishi haqida gapirdi. “Pixalyonokka ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda.

Ular orasida «Jirona», «Monsa», «Beshiktosh», «Olimpiakos» va boshqalar bor. MLS, Polsha va Ukraina chempionatlari klublari bilan ham aloqalar bo‘lgan», – dedi agent. 

«Jirona» ayni damda 49 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter