Marsyal qayerda o‘ynamoqchi ekanini hal qilib bo‘lgan

Hujumchi Antoni Marsyal «Manchester Yunayted»da ko‘p o‘ynamayapti.

28 yoshli fransiyalik futbolchining Saudiya Arabistonida hali ham imkoniyatlari bor, biroq Marsyal u yerga borishni istamayapti.

Caughtoffside xabariga ko‘ra, forvard Yevropada o‘ynashni davom ettirishni rejalashtirgan. 2023/2024 yilgi mavsumda Antoni Marsyal turli musobaqalarda 19 ta o‘yinda («Manchester Yunayted») ishtirok etdi.

Ularda fransiyalik futbolchi ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Antoni Marsyalni 15 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter