«MYU» qishda o‘z futbolchisini sotishga qaror qildi

«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida hujumchi Antoni Marsyalni qo‘yib yuborishga tayyor. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Marsyal «Manchester Yunayted»da ko‘p o‘ynamayapti, chunki ten Xag asosan uni zaxirada olib o‘tiribdi. 27 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Shu bilan birga, “qizil iblislar” shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.

Antoni Marsyalga «Sevilya», «Vest Xem», «Inter» va «Fenerbaxche» kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali Marsyalni 15 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter