Ten Xag Marsyal hali ham maydonga tusha olmasligini ma’lum qildi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xagning aytishicha, Antoni Marsyal hali ham maydonga tusha olmaydi.

Fransiyalik hujumchi so‘nggi bor 9 dekabr kuni maydonga tushgandi, o‘shanda “qizil iblislar” “Bornmut”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan (0:3). Keyingi to‘rtta uchrashuvda futbolchi betobligi sababli safdan chiqa olmadi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar ten Xagdan Marsyalning hozirgi ahvoli haqida so‘rashdi, unga mutaxassis qisqa javob berdi: «U hali ham nosog‘lom va tarkibda emas».

«Manchester Yunayted» shanba kuni safarda «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter