FIFA real vaqt rejimida transfer taqiqlangan klublarni ko‘rsatadigan platformani ishga tushirdi
FIFA yangi yaratilgan platforma orqali real vaqt rejimida xalqaro transfer qoidalariga rioya qilmaydigan va shuning uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydigan klublarni e’lon qiladi.
«Shaffoflikni ta’minlash va FIFA sud organlari faoliyati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq oshkor etilishini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga muvofiq, tashkilot yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan klublar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi raqamli platformani ishga tushirdi.
Ushbu yangi platformada asosiy maqsad manfaatdor tomonlarga, jumladan, futbolchilar va klublarga, shuningdek, keng jamoatchilikka hozirda yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan barcha klublar haqida umumiy ma’lumot berishdan iborat», — deyiladi tashkilot saytida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/