FIFA Braziliya klublari va terma jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlamaydi
FIFA Braziliya klublari va terma jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlamaydi, deya xabar beradi Inside The Games nashri.
25 dekabr kuni FIFA Braziliya Futbol Konfederasiyasiga (CBF) agar u CBFning yangi prezidenti sayloviga aralashsa, milliy terma jamoalar va klublarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishi mumkinligi bilan tahdid qilgan edi.
7 dekabr kuni Rio-de-Janeyro sudi tashkilot prezidenti Ernaldo Rodriges va uning barcha tayinlanganlarini CBFga o‘tgan yilgi saylovlardagi qonunbuzarliklar sababli lavozimidan chetlatdi. Biroq, 4 yanvar kuni Federal Oliy sud Rodrigesni qayta tiklashni buyurdi. Shu tariqa, CBF FIFA tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalardan qutulib qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/