Pochettino: «Xavfsalam pir bo‘ldi»

«Chelsi» APL 6-turida o‘z uyida «Aston Villa»ga imkoniyatni boy berdi – 0:1. Londonliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mag‘lubiyat izoh berdi.

«Hafsalam pir bo‘ldi. Menimcha, biz chetlatishdan oldin yaxshiroq o‘ynadik. O‘n nafar futbolchi bilan har doim qiyin bo‘ladi, lekin biz harakat qildik. Hozir biz yanada ko‘proq ishlashimiz kerak», – deydi Pochettino.

Keyingi turda «Chelsi» «Fulxem» bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter