Postekoglu: «Biz hali ham poygadamiz»

Ange Postekogluning fikricha, «Tottenxem» Premyer-liga chempionligi uchun kurashmoqda.

20ta o‘yindan so‘ng “shporlar” turnir jadvalida peshqadam “Liverpul”dan 6 ochko ortda qolib, 5-o‘rinda bormoqda.

“Men har doim aytamanki, imkoniyatlar mavjud bo‘lsa, nima uchun biror narsani istisno qilish kerak? Biz juda qiyin davrni boshdan kechirdik, lekin biz davom etmoqdamiz. To‘rtta o‘yinda natijaga erisha olmadik, ammo o‘zimizni tikladik. Biz hali ham poygadamiz.

Mavsumning aksariyat qismida barqaror o‘ynadik, ammo chempionatning ikkinchi yarmini birinchisidan yaxshiroq o‘tkazmasak, buning ahamiyati yo‘q. Biz buni qilishimiz kerak”, – dedi “Tottenxem” bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter