Merson: «Agar Keyn ketsa, «Tottenxem» kuchli o‘nlikka ham kira olmaydi»

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson «Bavariya» faol qiziqish bildirayotgan hujumchi Xarri Keynning ketishi «Tottenxem»ga qanday ta’sir qilishi mumkinligini baholadi.

«O‘tgan mavsumda Keyn Premyer-ligada 30 ta gol urdi, ammo «Tottenxem» mavsumni 8-o‘rinda yakunladi. Ange Postekoglu uchun juda afsusdaman. Agar Keyn qolsa, «Tottenxem» kuchli to‘rtlikka kirishi mumkin, ammo agar u ketsa, klub hatto kuchli o‘ntalikka kirishiga ham ishonmayman. Keynsiz «Tottenxem» 100% jadvalning ikkinchi yarmidagi jamoa. Meddison transferi? Menga Jeyms yoqadi, lekin uning “Lester”i o‘tgan mavsumda Premyer-ligadan tushib ketdi”, — dedi Merson.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter