RPLda keyingi mavsum boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

Rossiya Premyer-ligasining navbatdagi mavsumi boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi. RIA Novosti ma’lum qilishicha, 2024/2025 yilgi mavsum 19 iyuldan boshlanadi.

Rossiya chempionati mavsumining birinchi yarmi 2024 yil 15 dekabrda yakunlanadi. Mamlakat kubogi finali 2 iyunga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda liga qishki tanaffusda. 18 turdan keyin “Krasnodar” 38 ochko bilan turnir jadvalida birinchi, “Zenit” ikkinchi (36), Moskvaning “Dinamo”si esa kuchli uchlikka (32) joylashdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter